Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan nufuzli “Oltin to‘p” sovrinining taqdirlash marosimida qatnashmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda Goal.com.
“Biz FIFA bilan aloqalarimizni ular sanksiyalarni bekor qilgandagina qayta tiklaymiz”, − dedi klub prezidenti Xosep Bartomeu. Eslatib o‘tamiz, FIFA “Barselona”ga transferlarni amalga oshirishni vaqtincha taqiqlab qo‘ygan.
Kataloniyaliklar Lionel Messi o‘zining beshinchi “Oltin to‘p”i uchun kurashmoqda. Taqdirlash marosimida prezident o‘rniga klubning boshqa vakili qatnashishi kutilmoqda.
Izoh (0)