O‘zbekistonda 2014—2015-yillarga mo‘ljallangan Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoqlarga ulanishni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi dastur amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga asoslanib “Infocom.uz” nashri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Respublikaning barcha viloyatlaridagi jamoat joylarida, xususan, aeroportlar, vokzallar, sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan joylar, xiyobonlar va savdo markazlari singari hududlarda simsiz Wi-Fi texnologiyasi asosida keng polosali tarmoqlar yaratish dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Izoh (0)