“Barselona” klubi yetakchisi Lionel Messi “Real Sosyedad”ga qarshi mag'lubiyat bilan tugagan uchrashuvga jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike tomonidan tanlagan tarkibdan norozilik bildirgan. Bu haqda Cope nashriga asoslanib “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, argentinalik yulduz boy berilgan 3 ochko uchun asosiy aybdor sifatida Luis Enrikeni ko‘rsatmoqda. Messining fikricha, murabbiy tarkib tuzayotganida eng optimal variantni tanlash o‘rniga, barcha o‘yinchilarning ko‘ngliga yo‘l topishni afzal ko‘rmoqda.Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Messi, shuningdek yana bir asosiy hujumchi Neymar ham zahirada qoldirilgan edi.
Izoh (0)