Korrespondent.net sayti butun dunyo bo‘yicha eng chiroyli va qiziqarli bo‘lgan besh osma yo‘l nomini e’lon qildi.
Xitoydagi Hong Kong’s Skyrail osma yo‘li orqali dunyodagi eng katta Budda haykalini ko‘rish mumkin. Haykal oldiga osma yo‘lning 500 metr balandlikda harakatlanadigan 12 kabinasidan birida 25 daqiqada yetib borish mumkin. Yo‘lning uzunligi olti kilometrni tashkil etadi. Osma yo‘lda harakatlanish uchun yetti dollarlik chipta xarid qilish kerak.
Xitoyning Heaven’s Gate osma yo‘li 1279 metr balandlikda qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 7455 metrga tengdir. Osma yo‘l yo‘nalishiga mahalliy tog‘lardagi eng chiroyli joylar kiritilgan.
Isroilning 257—290 metr balandlikdagi Masada osma yo‘li tog‘ cho‘qqisida joylashgan Masada qal’asini ko‘rish imkonini beradi.
Braziliyaning diqqatga sazovor joyi — Iso Masih haykalini ham Rio-de-Janeyro shahridagi osma yo‘l orqali tomosha qilish mumkin. Monument 700 metr balandlikdagi Korkovado tog‘iga o‘rnatilgan. Osma yo‘l kabinalari ham taxminan shunday balandlikda, Kopakabana va Ipanema sohillari, “Marakana” stadioni va Guanabara ko‘rfazi bo‘ylab harakatlanadi.
Ekstremal turizm ishqibozlari Shveysariyadagi butun dunyo bo‘yicha eng qo‘rqinchli osma yo‘llardan biri hisoblangan Sternensauser’da soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. 75 metr balandlikdagi osma yo‘lda 70 Shveysariya franki (taqriban 76,5 AQSh dollari) evaziga “sayr qilish” mumkin. Yo‘lovchilar harakatni o‘z vazni yordamida amalga oshiradi.
Izoh (0)