“Daryo” nashri Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan boshlagan loyiha doirasida Yangi yil dasturxonini bezatish usullarining ba’zilarini namoyish etib boradi.
Bugungi dasturxonimizdan bayramona “Olivye”, “Vinegret”, “Toshkent” va yunoncha salatlar o‘rin olgan.
Shuningdek, turli shirinliklar, ichimliklar va pista-bodomlar tortilgan.
Bundan tashqari, dasturxonga Yangi yil shukuhini berish maqsadida archa ko‘rinishidagi sham va Qorbobo tasvirlangan suvenir bezak sifatida qo‘llanilgan.
“Olivye”, “Vinegret”, “Toshkent” va yunoncha salatlarning tayyorlanishi bilan ruknimizning avvalgi sonlarida batafsil tanishtirib o‘tganmiz.
Barcha yegulik va bezaklarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga berilgan.
Ruknimizning keyingi sonlarida chizkeyk va olmali shtrudel tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.