O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yil 2-yanvar kunini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Qarorda aytilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 2-yanvar juma kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan holatlarda ishlashga yo‘l qo‘yilishi qayd etilgan.
Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2014-yil 26-dekabr kuni imzolangan.
Izoh (0)