O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Bugun, 25-dekabr kuni bo‘ladigan uchrashuvda terma jamoa darvozaboni Ignatiy Nesterov, himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev va yarim himoyachilar Odil Ahmedov hamda Server Jeparov maydonga tushmaydi. Terma jamoa murabbiylar shtabidan xabar qilinishicha, bu futbolchilar mashg‘ulotlarni yakka tartibda o‘tamoqda.
Ma’lum qilinishicha, Server Jeparov terma jamoa yig‘iniga kichik jarohat bilan yetib kelgan. Shu sababli u tiklanish mashqlarini o‘tamoqda. Shuningdek, Odil Ahmedov jarohatini tiklash bilan band. Islom To‘xtaxo‘jayev diskvalifikatsiya tufayli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborsa, Ignatiy Nesterov rotatsiya tufayli Iroqqa qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi. Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bu o‘yinda Eldor Suyunov va Akbar To‘rayevni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan.
Odil Ahmedov va Server Jeparov 28-dekabrda Iroqqa qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Futbolchilar shunga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)