Navoiy shahar hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi qarori bilan hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Oblaqulov Lochin Nurqulovich tayinlandi. Bu haqda Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti xabar berdi.
L. Oblaqulov 2011-yildan buyon Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgani qayd etilgan.
Izoh (0)