Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan APB (AIBA Pro Boxing) turnirining 52 kilogramm vazn toifasidagi 3-tur bahslarida o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov italiyalik Vinchenso Pikardiga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Olti raund davom etgan bahsda Latipov kuchli raqibini 60:53, 59:55, 59:55 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ammo ilk turda qozog‘istonlik Ilyas Suleymanovga imkoniyatni boy bergani bois endi Rio—2016 Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib borolmaydi.
Izoh (0)