Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozonib, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu chinakam ma’noda mukammal natijani qayd etdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Portugaliyalik yulduz endilikda klub miqyosida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha nufuzli sovrinlarni ikkita klub bilan ham qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.
“Manchester Yunayted” hamda “Real” libosida Ronaldu milliy chempionatlar g‘olibi, mamlakatlarning kubok va superkuboklari sohibi, YeChL va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oltin medali sovrindori bo‘ldi. Shuningdek, individiual mukofotlardan chempionatdagi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, “Oltin butsa” va “Oltin to‘p” sovrinlarini ham qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)