Bugungi taomnomada — oshqovoq va brokkolili rostbif
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa (go‘shtni marinadlashga ketadigan vaqtdan tashqari) vaqt va 74 115 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 1,5 kg molning biqin go‘shti
- 500 g oshqovoq
- 500 g brokkoli
- 1 bog‘ rozmarin
- 50 g sarimsoq piyoz
- 100 ml zaytun yog‘i
- tuz
- murch
- kashnich
- 1 metr pergament qog‘ozi
Tayyorlanishi:
1. 1,5 kilogramm biqin go‘shtini olib, unga ta’bga ko‘ra yirik tuz, murch, maydalangan rozmarin va sarimsoq piyoz qo‘shamiz. Uni pergament qog‘oziga o‘rab, kechasi bilan sovitgichda qoldiramiz.2. Ertasi kuni marinadlangan go‘shtni olib, tovada 100 ml zaytun yog‘ida ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz.
3. So‘ng uni pergament qog‘oziga o‘rab, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 25 daqiqa davomida pishiramiz. Go‘sht pishguncha garnirni tayyorlab olamiz. 500 grammdan brokkoli va oshqovoqni dastlab qaynatib pishirib olamiz.
4. So‘ng chala pishgan oshqovoqni yana tovada qovurib ham olamiz.
5. Go‘sht tayyor bo‘lgach, uni duxovkadan olamiz.
6. Uni garnir bilan birga ta’bimizga ko‘ra bezatamiz va dasturxonga tortamiz.
Taom tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu taomni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi RomAntica restorani va shaxsan bosh oshpaz Shuhrat Islomovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida seld balig‘i bilan “Shuba” salati va tunets balig‘idan kranch-salat tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)