Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFA ijroqo‘mi 2018-yilda Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining o‘tkazilish kunlarini tasdiqladi, deb xabar beradi “Stadion.uz” FIFA matbuot xizmatiga tayangan “Kun”ga asoslanib.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Rossiyadagi jahon birinchiligi 2018-yilning 14-iyunidan 15-iyuligacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida o‘tkaziladi.

Shuningdek, chempionat o‘yinlarini qabul qiladigan shahar va o‘yingohlar ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, turnir o‘yinlari Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov, Sochi va Yekaterinburg shaharlaridagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Rossiyada JCh — 2018dan bir yil oldin, 2017-yilning 17-iyunidan 2-iyuligacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Konfederatsiyalar Kubogi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi. Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlari uchun esa Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Rostov shaharlaridagi maydonlar tayyorlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi