AQSh hukumati Iroq va Afg‘onistonda terrorizmga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar uchun 1,6 trillion dollarga yaqin mablag‘ sarfladi. Bu haqda Kongressning tergov xizmati bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bloomberg agentligida bayonotdan keltirilgan iqtiboslarda qayd etilishicha, Kongress 2001-yil 11-sentabr voqealaridan 2014-yil sentabriga qadar Iroqdagi urush uchun 815 milliard dollar, Afg‘onistondagi harakatlar va terrorchilarga qarshi qator operatsiyalar uchun 686 milliard dollar, harbiy harakatlar bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun esa 81 milliard dollar ajratgan. Shuningdek, AQSh hududini havodan patrullashtirish bilan bog‘liq Noble Eagle dasturini moliyalashtirishga 27 milliard dollar sarflangan.
Bayonot muallifi Emmi Belaskoning so‘zlariga ko‘ra, urushlar xarajatini hisoblashda bir qator omillar e’tiborga olinmagan. Urushda nogiron bo‘lib qolgan harbiylarni davolashga ketadigan pul, shuningdek, Iroq va Afg‘onistondagi urushlar tufayli mudofaani mustahkamlash uchun ajratiladigan qo‘shimcha mablag‘ shular jumlasidandir.
Izoh (0)