Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tadbirkorlarning aytishicha, 50-60 oilaga xizmat ko‘rsatadigan oziq-ovqat do‘koniga kamida ikkita sovutgich va bitta muzlatgich zarur bo‘ladi. Shunday mahsulot ishlab chiqarishni reja qilgan xivalik tadbirkor Qudrat Ollaberganovning biznes loyihasi moliya muassasasi va tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, unga amaliy ko‘mak berildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Xorazm viloyati. Foto: O‘zA

Xorazm viloyati. Foto: O‘zA

“Mahsulotimizning ilk namunalari Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-yillik bayrami arafasida ishlab chiqarildi, – dedi “Xiva maishiy texnika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Q.Ollaberganov. – ‘Osiyo’ savdo belgisi ostida chiqarilgan 50 donadan ortiq maishiy texnikamiz ayni kunda sinovdan o‘tmoqda”.

O‘tgan qisqa davrda “Xiva maishiy texnika” MChJning o‘ndan ziyod xodimi xorijda va Samarqandda tajriba oshirib qaytdi.

2015-yildan to‘liq ish boshlashi ko‘zda tutilayotgan ushbu korxona yiliga 10 ming dona zamonaviy sovutgich va muzlatgich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda korxonada yig‘ilayotgan maishiy texnika vositalarining 30 foiz ehtiyot qismi shu yerning o‘zida tayyorlanmoqda. 2016-yilga qadar bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshiriladi. Shuningdek, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada korxona faoliyati yanada kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?