Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF turkumiga kiruvchi va 50 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega Ankara Cup turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston tennischilari mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Rossiyalik Marta Sirotkina bilan tandem hosil qilgan Oqgul Omonmurodova ilk bosqichdayoq mezbon tennischilar — Ipek Soylu va Ayla Aksuga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
17-dekabr kuni O‘zbekistonning yana bir vakilasi Sabina Sharipova chorak final bahsida turkiyalik Basak Yeraydin bilan birga ruminiyalik Diana Bujan hamda vengriyalik Reka-Luka Jani juftligiga 2:6, 3:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Izoh (0)