Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Davlat Departamenti rasmiy saytida keltirilgan muassasaning rasmiy vakili Jen Psakining brifingdagi gaplari stenogrammasida Barak Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini 16-dekabr kuni imzolagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

17-dekabr kuni o‘tkazilgan brifing stenogrammasida tegishli savolga Psaki “U buni kecha imzoladi” deb javob bergani keltirilgan. Brifing videoyozuvi ko‘rilganda esa Psaki aslida bunday demagani ma’lum bo‘lgan. Bir necha soatdan keyin yuqoridagi jumla yoniga Obama hali hujjatni imzolamaganiga aniqlik kiritib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, Oq uy saytidagi “qonun loyihalari” bo‘limida ushbu hujjat prezident imzolashi kutilayotgan qonunlar orasida ko‘rsatilgan. Avvalroq, Oq uy rasmiy vakili Josh Ernst Obama ushbu qonunni joriy hafta oxirigacha imzolashi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik