2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada hamda XV Paralimpiya o‘yinlari tumorlariga Vinisius va Tom deya nom berildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Tumorlar nomi braziliyalik musiqachilar Vinisius di Morays va Tom (Antonio) Jobima sharafiga berilgan. Ochiq tarzda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida Vinisius va Tom 44 foiz ovoz (323.327 ovoz) to‘plagan.
Bundan tashqari, Rio — 2016 o‘yinlari tumorlariga berilishi kutilgan boshqa nomlar: Oba va Eba nomlari uchun 38 foiz, Tiba Tuke va Eskidim deb nomlash uchun 18 foiz ovoz berilgan.
Izoh (0)