Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida HTC kompaniyasining Desire Eye deb nomlangan selfi smartfoni 2,2 million so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfon oktabr oyining boshida taqdim etilgan edi va u old kamerasi 13 megapikselli ilk smartfon hisoblanadi. Uning old kamerasi 28 mm kenglikda tasvirga tushira oladi va unda ikkita vspishka o‘rnatilgan. Smartfonning orqa kamerasi ham ikkita vspishka va 13 megapiksellidir.
Bu smartfon shunchaki o‘rta darajada emas. Unda 5,2 dyuymli displey, One (M8) smartfonidagi kabi 2 Gb tezkor xotira va Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan. U HTC’ning Sense 6.0 interfeysida ishlaydi.
Uning korpusi yaxshi plastmassadan qilingan. Smartfonning ikki xil — oq-qizil va ko‘k rangli turlari mavjud. U IPX7 – bir metr suv ostida 30 daqiqa ushlab turish mumkin bo‘lgan sertifikatga ham ega.
Izoh (0)