Samsung kompaniyasining Galaxy Note 3, Note 4, Galaxy S4 va S5 LTE-A smartfonlariga Android’ning yangi Lollipop versiyasi foydalanish uchun topshirilishi xabar qilingan edi. Endilikda esa Note Edge hamda Galaxy Alpha smartfonlari uchun qachon yangi Android versiyasi foydalanishga topshirilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note Edge smartfoni uchun yangi Android versiyasi fevral oyining boshlarida taqdim etiladi. Galaxy Alpha smartfonlari uchun esa keyingi yilning birinchi choragida Lollipop versiyasiga o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga Note 3 va Galaxy S4 smartfonlarida ham 2015-yilning boshidan yangi Android Lollipop operatsion tizimidan foydalanish mumkin bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda esa Yevropa va Osiyoda Galaxy S5 smartfonlari uchun Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi foydalanish uchun topshirilmoqda.
Izoh (0)