UEFA prezidenti Mishel Platini FIFA rahbari Zepp Blatterni yana bir bor ushbu tashkilot prezidenti etib saylanmasligi kerak, degan fikrlarni aytmoqda. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Men Blatterni 1998-yil qo‘llab-quvvatlagan edim. O‘shanda u menga eng mos nomzod bo‘lib ko‘ringan edi.
Biroq endilikda u o‘z joyini boshqa kimgadir berishi kerak. Ayni paytda FIFAdagi ahvol juda chatoq va agar u ketsa, tashkilot uchun ham yaxshi bo‘lardi. Lekin Blatter o‘z istagi bilan ketishi dargumon”, — dedi Platini.
Izoh (0)