Meksikada taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik Jasur Boyqo‘ziyev kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Nufuzli musobaqada 30 ga yaqin mamlakatdan jahon reytingida kuchli sakkizlikdan joy olgan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Xalqaro turnirda Jasur Boyqo‘ziyev 80 kilogrammdan yuqori vazn toifasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Joriy mavsumda u Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati, Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan XXVII yozgi Osiyo o‘yinlari va Fransiyada bo‘lib o‘tgan Paris Open xalqaro turnirida g‘alaba qozongan. Shuningdek, Angliyada tashkil etilgan Gran-pri turnirida kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)