Yangi yil munosabati bilan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 1-dekabrdan boshlab jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan aloqa xizmatlari (shahar telefonlari)dan foydalanish uchun ulanishiga oid aksiya o‘tkazmoqda. Bu haqda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, “O‘zbektelekom”ning o‘rnatilgan aloqa xizmatiga ulangan jismoniy shaxslardan telefon tarmog‘idan foydalanish imkoniyati berilgani uchun olinadigan to‘lov aksiya doirasida bekor qilinadi. Aksiya 2015-yilning 28-fevraliga qadar davom etadi.
Shu tariqa, aksiya amal qilish vaqtida telefonlashtirilmagan va telefonlashtirilgan binolarda (bir raqamning operator tomonidan bir foydalanuvchiga ajratilishida) simli telefon tarmog‘iga asosiy telefon qurilmasi orqali ulanish xizmati bepul taqdim etiladi.
Aksiya kompaniyaning telefon tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq boshqa xizmatlariga amal qilmaydi.
Izoh (0)