Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida ikki nafar noma’lum shaxs 31 yoshli fuqaroga hujum qilib, uning Nokia rusumli telefoni va 15 ming so‘m miqdoridagi pulini o‘g‘irlab ketdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchi o‘ziga kelgach, bo‘lgan voqea haqida ichki ishlar organlariga xabar berdi. Huquq muhofazachilari tezkor ravishda 1988 va 1991-yillarda tug‘ilgan ikki nafar gumondorni qo‘lga oldi.
Qo‘lga olinganlarning ikkalasi ham hech qayerda ishlamasligi va yengil hayot tarzini olib borishi ma’lum bo‘ldi. Jabrlanuvchi aynan ular o‘ziga hujum qilganini tasdiqladi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)