Britaniyalik fotomodel Naomi Kempbell Londonda Ebolaga qarshi kurashga e’tiborni tortish uchun xayriya do‘koni ochdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
FashionforRelief deb nomlangan do‘konda Kempbellning o‘zi va do‘stlari tomonidan xayriya qilingan ko‘ylaklar, oyoq kiyimlari va boshqa turdagi liboslar taqdim etiladi.
“Umid qilamizki, FashionforRelief ushbu ajoyib mahsulotlarni yaxshi narxlarda sotish evaziga kerakli mablag‘ va e’tiborni jalb qila oladi”, − dedi Kempbell.
Izoh (0)