Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida -52 darajadagi sovuq havo harorati kuzatilmoqda va bu harorat Igarki aeroportidagi Tu-134 samolyotini turgan joyida muzlatib, qotirib qo‘ydi. Bu haqida “Kun.uz” xabar bermoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=a0wGCBpnnWw
Bugun parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyotga yo‘lovchilar kelib joylashgan. Biroq samolyot o‘rnidan qimirlay olmagan. Aviakompaniya xodimlari shossega maxsus moy to‘kishgan, ammo o‘zgarish bo‘lmagan.
Bu muammoni yo‘lovchilar o‘zlari hal qildi. Bortdagi 70 nafar yo‘lovchi tushib kelib, kuch bilan samolyotni surib, joyidan qo‘zg‘atishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)