Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi Svetlana Mishurova o‘z o‘glining ismini Torput “Torjestvo Putina” (Putinning zafari) deb qo‘yishqa qaror qildi. Bu haqda “Svobodniy jurnal” xabar bermoqda.
Prezident Vladimir Putinni Rossiyaning yagona xaloskori deb hisoblaydigan ayol pasport idorasiga o‘z og‘lining ismini yangisiga o‘zgartirishini so‘rab murojaat qilgan.
Aslida u bu ismni o‘g‘li tug‘ilgandayoq berishni istaganini, biroq Putinni “jahannamdan chiqqan balo” deb bilgan onasi uni fikridan qaytarganini aytgan. Keyinroq Svetlananing onasi Putin haqidagi fikrini aksiga o‘zgartirgach, u o‘zi istagan ismni o‘g‘liga berishga qaror qilgan.
Izoh (0)