19-noyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkvision − 2014 II Xalqaro televizion qo‘shiq tanlovining yarim finalida ishtirok etgan O‘zbekiston vakilasi Aziza Nizomova musobaqa finaliga yo‘l oldi. Yarim final tafsilotlari Eurovoix saytida e’lon qilingan.
“Setora” guruhi a’zosi yarim finalda beshinchi tartib raqami ostida “Dunyo bo‘lsin omon” qo‘shig‘ini ijro etishi haqida xabar berilgan edi. Aziza yakunda 172 ball to‘plab 10-o‘rinni egalladi va finalga yo‘l oldi.
Final yo‘llanmasi uchun jami 25 nafar ishtirokchi bellashdi. O‘zbekistondan tashqari Tatariston, Turkiya, Qozog‘iston, Boshqirdiston, Moskva viloyati, Makedoniya, Qirg‘iziston, Eron, Qrim, Bosniya va Gersegovina, va Turkmaniston vakillari ham 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok etadi.
Izoh (0)