Taniqli kanadalik pop-qo‘shiqchi Jastin Biber 60 kun ichida Argentinaga tergov uchun tashrif buyurmasa, u fotosuratchini kaltaklaganlikda aybdor deb topilib, ushbu mamlakatda qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Argentina sudi Interpolni 2013-yil noyabr oyida fotosuratchini kaltaklaganlikda ayblanayotgan Jastin Biberni tergovga olib kelish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan. Aks holda, sud uni qo‘lga olish uchun xalqaro order berishi va bir yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.
Hodisa 2013-yil 9-noyabrda Jastin Biberning Buenos-Ayresdagi Ink nomli tungi klubdagi chiqishi vaqtida sodir bo‘lgan. Qo‘shiqchini suratga olishga uringan fotograf Diego Pesoani Biberning tansoqchilari kaltaklagan.
Izoh (0)