Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronning qayd etishicha, Rossiyaning Sharqiy Ukrainadagi harakatlari “nomaqbul” bo‘lib, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalarning kuchaytirilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Men rossiyaliklar Ukrainaning mustaqil va ozod, tanlov amalga oshira oladigan darajada erkin davlat sifatida rivojlanishiga yo‘l qo‘yish kerakligini tushunmoqda, deb umid qilaman”, — dedi Kemeron Kanberrada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya “Ukraina ozodligiga nisbatan ijobiy munosabat” bildirib, mas’uliyat bilan yondashsa, cheklov choralari bekor qilinadi. Aks holda esa sanksiyalar yanada kuchaytiriladi.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri 10-noyabr kuni Londondagi chiqishida ham shunga o‘xshash nutq so‘zlagan edi. Xususan, u Rossiyaning harakatlari Yevropaning boshqa qismlari uchun jiddiy xavf solayotganini ta’kidlab o‘tgandi.
Izoh (0)