Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rossiyalik rep ijrochisi Timatiga respublikada xizmat ko‘rsatgan artist unvonini topshirish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Shu yo‘l bilan Checheniston rahbari Dima Bilanni sahnada giyohvand moddalar iste’mol qilishda ayblagan Timatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Timati − irodali inson, uning uchun nomus, vijdon va intizom qadrlidir. Aks holda men uni hech qachon do‘stim deb atamagan bo‘lardim. U har qanday tibbiy ekspertizaga tayyor”, − deb yozdi Qodirov.
Izoh (0)