Joriy haftada LG kompaniyasi o‘zining polshalik G3 smartfoni foydalanuvchilariga Android 5.0 Lollipop operatsion tizimini foydalanishga topshiradi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tish joiz, LG G3 smartfoni Nexus ham, Google gadjetlaridan biri ham emas. Biroq, u barcha smartfon ishlab chiqaruvchilardan avvalroq Android’ning yangi Lollipop versiyasini foydalanishga topshirmoqda.
O‘tgan yilda LG kompaniyasi Google’ning Nexus smartfonini ishlab chiqargan. Ammo Motorola barcha kompaniyalardan avvalroq Android’ning yangi versiyasini foydalanishga topshirgan edi. Joriy yilda esa o‘rinlar almashdi — Motorola kompaniyasi Google Nexus 6 smartfonini ishlab chiqardi, lekin LG G3 egalari oldinroq Android’ning yangi versiyasidan foydalanishni boshlaydi.
Izoh (0)