Epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda komissiyasi 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlis yakuniga ko‘ra Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga Ebola virusi tarqalgan mamlakatlarga (va ushbu mamlakatlardan) sayyohlik va boshqa safarlarni amalga oshirilishini vaqtincha to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Favqulodda komissiya tomonidan safar va sayohatlar cheklangan mamlakatlar ro‘yxatiga Gvineya, Syerra-Leone, Liberiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya, Senegal va Mali kiritilgan.
“O‘zbekturizm” kompaniyasi xabarida qayd etilishicha, Ebola virusining O‘zbekistonga sayyohlar orqali kirib kelishi oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
Izoh (0)