Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng ta’sirli shaxslari yangi reytingiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avval xabar berilganidek, ushbu reytingni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin boshqarib bormoqda. Keyingi o‘rinlarda AQSh prezidenti Barak Obama, Xitoy rahbari Si Szinpin, Rim papasi Fransisk va Germaniya kansleri Angela Merkel bormoqda.
“Biz milliy yetakchimiz Vladimir Putinni tabriklaymiz. Barak Obama esa ba’zi narsalar ustida bosh qotirishi kerak. Mening otlarimga sanksiya e’lon qilish o‘rniga davlatni boshqarish ishlari bilan shug‘ullansa bo‘lardi”, − deb yozgan Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning poyga otlariga AQSh emas, balki Germaniyaning ot poygalari uyushtiruvchi firmalari Checheniston rahbariga qo‘yilgan moliyaviy sanksiyalar tufayli mukofot pullarini berishdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)