“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan yangi Angren−Pop temir yo‘l liniyasidagi murakkab tog‘ sharoitlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan 11 ta yuk elektrovozini Xitoydan olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi 12news.uz.
Ta’kidlash joizki, Xitoyning Dalyan elektrovozlar ishlab chiqaruvchi zavodida O‘zbekiston uchun maxsus tayyorlangan “O‘zEL” seriyasidagi elektrovozlar yo‘l sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda yuk tashish ishlariga faol jalb qilingan.
Avvalroq, 124 kilometrlik Angren−Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining 60 kilometrdan ortiq qismi qurib bitkazilgani xabar berilgan edi. Taxminiy qiymati 2 milliard dollarga baholangan ushbu liniya Xitoy−Qirg‘iziston−O‘zbekiston xalqaro temir yo‘l liniyasining bir qismiga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)