Qozog‘istonning Chimkent shahridagi “Al Akrom” to‘yxonasida har yili o‘tkaziladigan “Do'stlik dasturxoni” yoxud 28 nafaz oshpaz ishtirok etgan osh tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Qozog‘iston O‘zbek drama teatri matbuot xizmati xabar bergan.
“Bu tanlovdan asosiy maqsad, Qozog‘istonda yashayotgan turli millatlarning do‘stligini yanada mustahkamlash, eng sara oshpazlar tayorlagan milliy taomimiz oshni bir dasturxon atrofida jam bo‘lib baham ko‘rish”, − deyiladi xabarda.
Bayramni Janubiy Qozog‘iston viloyat o‘zbek madaniyat markazi raisi, Janubiy Qozog‘iston viloyat o‘zbek drama teatrining direktori Ikrom Hoshimjonov shu osoyishta kunlarga shukr qilib, osh tanlovi ishtirokchilariga omad tilagan holda ochib berdi.
O‘zbek drama teatri a’zolari o‘zlarining sana’tlari bilan ishtirokchilar va mehmonlarning kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi. Do‘stlik dasturxoniga Qozog‘istonning turli viloyatlaridan mehmonlar, matbuot xodimlari tashrif buyurgan.
Izoh (0)