Noqonuniy migrantlarni olib ketayotgan kema Istanbul yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hurriyet Daily News gazetasi Turkiya qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berishicha, kemada asosan Afg‘oniston fuqarolaridan iborat 30-40 kishi noqonuniy tarzda Ruminiyaga o‘tib olish maqsadida ketayotgan bo‘lgan.
Qurbonlarning katta qismi bolalar ekanligi ma’lum qilingan. Hozircha besh kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Qutqaruv ishlariga maxsus dayverlar va vertolyotlar jalb qilingan. Mahalliy baliqchilar qutqaruvchilarga faol yordam berayotgani aytilgan. Kema Rumeli Feneri qishlog‘i yonida, Bosfor bo‘g‘ozi Qora dengiz bilan tutashadigan joy yaqinida cho‘kib ketgan.
Izoh (0)