O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Fuqarolik aviatsiyasini yanada rivojlantirish, ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ milliy aviakompaniyasining moliyaviy ahvolini yaxshilash va moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash bo‘yicha choralar to‘g‘risidagi” qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Qarorda aytilishicha, milliy aviakompaniya tomonidan havo kemalaridan foydalanishni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnomalar asosida olib kelinadigan aviatsiya texnikalari uchun, rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari, bojxona to‘lovlari olinmaydi.
Hukumat “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlari va boshqa vositalar olib kirilishi uchun to‘lovlardan 2020-yil 1-yanvargacha ozod qildi. Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga olib kelinadigan mahsulotlarning to‘g‘ri maqsadlarda foydalanilishini kuchli nazorat ostiga olish topshirilidi.
Izoh (0)