Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

NATO xizmatlari blokka a’zo davlatlar chegaralarida Rossiya harbiy samolyotlari faolligini qayd etdi. Euronews alyansning Belgiyadagi harbiy shtabi vakillariga tayanib xabar berishicha, 29-oktabr, chorshanba kuni erta tongda Norvegiya dengizida Tu-95 bombardimonchilari aniqlangan.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Shu kuni kunduzi qiruvchilar hamrohligidagi Tu-95ni Turkiya chegarasi yaqinida Qora dengiz ustida ko‘rishgan.

NATOdagilarning aytishicha, joriy yilda shunga o‘xshash holatlar qariyb yuz marta qayd etilgan, bu 2013-yildagidan uch marta ko‘proqdir.

Biroq alyansning rasmiy vakili qo‘mondonlik bunday parvozlardan xavotirga tushmayotganini, Rossiya harbiy samolyotlari xalqaro havo hududida uchib yurish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...