Toshkent shahrida joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i modernizatsiya qilinadi. Bu haqda Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sayfulla Ahmedov ma’lumotiga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.
Sayfulla Ahmedov so‘zlariga ko‘ra, alohida e’tibor bog‘ning xavfsizligiga qaratiladi. Rejalarga ko‘ra, barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Eng eski attraksionlar foydalanishdan chiqarilib, ularning o‘rniga yangi va zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, bog‘dagi sobiq “Volgograd” ko‘li va uning atrofidagi hudud obodonlashtiriladi: Suv havzasi kengaytirilib, uning atrofida dam oluvchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
Shuningdek, hokim birinchi o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, joriy yil yakuniga qadar bog‘ning orqa tarafida keng avtomobil to‘xtash joyi quriladi.
Izoh (0)