“Barselona” hujumchisi Lionel Messi og‘ir xastalikka uchragan 30 nafar bolakay bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Qayd etilishicha, bu bolalar Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Irlandiya, Portugaliya, AQSh, Peru va Kataloniyadan aynan Messi bilan uchrashish uchun yetib kelgan.
Avvaliga bolalar Messi bilan suratga tushdi. Keyin kichik o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi.
Yakunda jahon vitse-chempioni bolajonlarga sovg‘alar ulashdi.
Izoh (0)