AQShning Kaliforniya shtatidagi Ventura okrugida harbiy samolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi, taxmin qilinishicha, uchuvchi halok bo‘lgan, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Voqea 29-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:13 da Kaliforniya harbiy havo kuchlari aviatsiya bazasidan uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘ldi.
Ventura okrugining yong‘inga qarshi xizmati Facebook’dagi sahifasida yozgan xabariga ko‘ra, yong‘inga qarshi federal va mahalliy xizmatlar Point Mugu aviatsiya bazasida qulagan samolyotga munosabat bildirgan. Hunter Hawker qiruvchi samolyotida bo‘lgan bir kishi vafoti qayd etilgan.
Yong‘in o‘chiruvchilari hodisa joyiga yetib kelgan, hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)