2014-yil yanvar-oktabr oylarida Meksikada 80 nafar chaqaloq “Barselona” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar da Silva Santos Junior sharafiga nomlangan, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
So‘nggi paytlarda Meksikada yangi tug‘ilgan farzandlarni mashhur futbolchilar nomi bilan atash ommalashib bormoqda. Neymardan tashqari “Real”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomi 17, “PSJ”ning shvetsiyalik futbolchisi Zlatan Ibrohimovich nomi 3 nafar chaqaloqqa berilgan.
2013-yilda argentinalik oila familiyalar ism sifatida berilishi ta’qiqlanganiga qaramay o‘z og‘lini “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi sharafiga nomlashga muvaffaq bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)