Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh O‘rmonlar muhofazasi xizmati ayiqlar bilan selfiga tushishni taqiqladi, deya xabar bermoqda TechTimes. Ushbu cheklov Kaliforniyadagi Taxo ko‘li hududida ayiqlar bilan suratga tushish hollari ko‘payib ketgani sababli kiritildi.

Qora ayiq. Foto: tvc.ru

Qora ayiq. Foto: tvc.ru

“Taxo ko‘li” sayyohlik bog‘i xodimlaridan birining aniqlik kiritishicha, so‘nggi paytlarda suv hafzasi hududida qora ayiqlar fonida selfi olishga ishtiyoqmand kishilar soni tobora oshib bormoqda.

AQSh O‘rmonlar muhofazasi xizmati xodimlari, ayiqlarning odamlarga hamla qilish holatlari kuzatilmagan bo‘lsa-da, selfi bilan bog‘liq vaziyat ancha jiddiy tus olgan, deb hisoblaydi. Idora bog‘ni to‘liq yopib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishga ham tayyor.

Qora ayiq (baribal) nisbatan rahmdil hayvon hisoblanadi. U qo‘ngir ayiqdan farqli ravishda, odamlardan qochadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi