2014-yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Urganch shahrida o‘z ishini boshlayotgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Andreys Pildegovichsni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Latviya hamkorligining holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. 2013-yilning oktabr oyidagi Prezident Islom Karimovning Latviyaga davlat tashrifi va 2014-yilning may oyidagi Prezident Andris Berzinshning O‘zbekistonga javob tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Tomonlar 2015-yilning birinchi yarmida bo‘lajak Yevropa ittifoqiga Latviya raisligini inobatga olib, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda mushtarak manfaatlarga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etildi.
Suhbatda Latviya elchisi Edgars Bondars ishtirok etdi.
Izoh (0)