Toshkentda “Hamkorbank” hamda Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida imzolangan shartnomalarning istiqboldagi mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Hamkorbank” Gollandiya Taraqqiyot banki bilan 2010-yildan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, 2012-yilning dekabrida ular o‘rtasida 9 million AQSh dollariga teng kredit shartnomasi imzolangan. 2014-yilda yana 4 million dollar miqdorida kredit ajratildi. Natijada “Hamkorbank” ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilgan yigirmadan ortiq loyihani moliyalashtirdi.
Gollandiya Taraqqiyot banki ko‘rsatayotgan texnik yordam “Hamkorbank”ning resurs bazasini kengaytirish bilan birga xalqaro tajribani joriy qilishda ham ko‘maklashadi.
“2010-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi “Hamkorbank”ning 15 foizli aksiyasini xarid qildi. Bu esa “Hamkorbank”ning xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘lishini ta’minladi”, − dedi bank departamenti direktori Aziza Ibrohimova.
“RIA Novosti”ning xabar berishicha, Gollandiya Taraqqiyot banki ham 2014-yilda “Hamkorbank”ning 15 foizli aksiyasini sotib olib, ikkinchi xorijlik aksiyadorga aylangan.
Izoh (0)