Samsung kompaniyasi Ebola virusiga qarshi kurashish uchun qiymati taxminan 1 million dollar bo‘lgan uch mingta Galaxy smartfonini BMTga taqdim etdi. Bu haqda Samsung Tomorrow ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Taqdim etilgan smartfonlarning barchasi Galaxy S3 Neo bo‘lib, ular Gvineya, Liberiya va Serra-Leone davlatlaridagi 60 ta shifoxonada foydalaniladi. Ushbu sartfonlarga BMTning Smart Health Pro mobil dasturi o‘rnatilib, shifokorlar bemorlarning ma’lumotlarini to‘plab borishadi.
Shuningdek, Ebola bilan kasallanganlar Samsung taqdim etgan smartfonlar yordamida yaqinlari bilan suhbatlashishlari mumkin bo‘ladi. Ebola virusi xavfi bartaraf etilganidan so‘ng barcha smartfonlar yo‘q qilinadi.
Izoh (0)