KXDR hukumati Ebola virusining tarqalishidan qo‘rqib xorijlik sayyohlarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ymoqchi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xitoyning Young Pioneer Tours sayyohlik operatori vakili KXDRdagi hamkorlaridan xorijiy turistlar qayerdan kelishidan qat’i nazar Shimoliy Koreyaga kirishi taqiqlangani to‘g‘risida rasmiy xabar olganini ma’lum qilgan.Shimoliy Koreyaning Koryo Tours turistik firmasi vakilining so‘zlariga qaraganda, vaqtinchalik taqiqning muddatlari hali aniq emas va firma yil oxirigacha rejalashtirilgan uch guruh sayyohlarni qabul qilishdan umidvor.
Izoh (0)