Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiya hukumati Vladimir Putinning mamlakatga joriy yilning kuziga rejalashtirilgan tashrifidan voz kechdi. Bu haqda Yaponiyaning Sankei Shimbun gazetasiga tayanib Segodnya.ua xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gazeta manbalari taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Putin bilan noyabrda Pekindagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida uchrashadi.

Kuzgi tashrif haqidagi kelishuvga fevral oyidayoq erishilgan, biroq Qrim Rossiya ixtiyoriga o‘tgach, Yaponiya hukumati aprelga belgilangan Yaponiya tashqi ishlar vaziri tashrifini kechiktirgan, shuningdek avgustga rejalashtirilgan Rossiya-Yaponiya konsultatsiyalarini ham bekor qilgan edi.

Noyabrda bo‘ladigan uchrashuvda bosh vazir Abe Putindan Rossiya-Yaponiya siyosiy muzokaralarini yangilash uchun Ukrainadagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni so‘ramoqchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi