Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2015-yilga kelib mamlakatdagi qashshoqlik darajasi 30 foizgacha, 2020-yilga kelib esa 20 foizgacha tushishini ma’lum qildi. Bu haqda Noviyvek.uz xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

“2020-yilgacha yalpi ichki mahsulot bir yarim—ikki marta o‘sishi kerak. Davlat byudjeti joriy xarajatlarini YaIMga nisbatan 25 foizga, ijtimoiy sektorni moliyalashtirishni esa hozirgi 12 foizdan 16 foizgacha ko‘tarishimiz kerak”, — dedi Emomali Rahmon yangi hukumat mahkamasi majlisida.

Ayni paytda mamlakatdagi qashshoqlik darajasi 42 foizni tashkil etadi.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichlarga respublika aholisi farovonligi darajasini oshirish strategiyasini amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ushbu rejalar amalga oshsa, hukumat 2020-yilgacha byudjet sohasidagi xodimlar ish haqi, pensiya va stipendiyalarni 2,5—3 marta oshirishi mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak