Ko‘pincha biz taniqli insonlarni boshqalardan ko‘ra ko‘proq omadi chopadiganlar, deb o‘ylaymiz. Aslida esa ular ham yoqimsiz va xavfli vaziyatlarga tushib turadi. Meduza nashri aviahalokatlarga uchrab, omon qolgan mashhurlar haqida tayyorlagan maqolani havola etamiz.
2008-yilda Illinoys shtatidan senator va AQShning bo‘lajak prezidenti Barak Obama joy olgan “Golfstrim” nomli kichik samolyot Nevadadan Chikago kelib qo‘ngandan so‘ng yo‘lakda turgan bo‘sh va harakatsiz boshqa parvoz apparatiga borib urilgan. Samolyotlarning qanotlari bir-biriga to‘qnashib, qattiq zarar ko‘rgan, ammo yo‘lovchilarga, jumladan Obamaga ham ziyon yetmagan.
2000-yil 20-dekabrda aktrisa Sandra Bullok Texasdan Vayomingga kechgi reysni amalga oshirgan samolyot bortida bo‘lgan. Ko‘rish imkoni yuqori emasligi tufayli uchuvchilar qo‘nish yo‘lagini topa olmagan va parallel yerga qo‘ngan. Qo‘nish ancha murakkab bo‘lganiga qaramay hech kimga zarar yetmagan.
Aktyor Jonni Depp rejissor Bryus Robinson bilan suratga olish uchun manzarali joy izlab, Meksikaga yo‘l olgan samolyot dvigateli apparat havodaligida to‘xtab qolgan. Aktyor ikki daqiqalik qulash vaqtida o‘lim bilan yuzlashayotganini o‘ylaganini keyin tan olgan.
2010-yilda Leonardo Di Kaprio Sankt-Peterburgda Amur yo‘lbarslarini qutqarish bo‘yicha sammitda qatnashish uchun Nyu-Yorkdan Moskvaga tijorat reysi bilan yo‘l olgan. Samolyot uchganidan 30 soniya o‘tiboq yo‘lovchilar baland qasir-qusur ovozlarini eshitgan va chap dvigatel tashqarisida yong‘in ko‘ringan. Uchuvchilar bir soat davomida urnab, samolyotni bir dvigateli bilan bo‘lsa ham qayta qo’ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
Professional uchuvchiligi bilan tanilgan aktyor Xarrison Ford 1999-yilda Kaliforniyada vertolyot boshqaruvini o‘rganish chog‘ida instruktor boshqarib borayotgan apparat nosozlik tufayli qurib qolgan daryo o‘zaniga qulagan. Aktyor ham, murabbiy ham zarar ko‘rmagan.
Izoh (0)